Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Deputat nazorati: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
Gallery image 65036
Gallery image 65037
Gallery image 65038
Gallery image 65039
Gallery image 65040
Gallery image 65041
Gallery image 65042
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
05 Noy 2025
16:18

Chinoz tumani. Deputat nazorati: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi

🍁Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova tomonidan tumandagi 40-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda "Xo'ja" MFY hududida joylashgan ko'p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

⚡️Deputat ta’lim muassasasining isitish tizimi holatini, binolarning issiqlik saqlash darajasi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan hamda ko'p qavatli uylarning tom qismi va kirish yo'laklarini ta'mirlanganligi bilan yaqindan tanishdi.

⚡️Shuningdek, Ra’no Fozilova tomonidan mas’ul xodimlarga kuz-qish mavsumida o‘quv jarayonining samarali tashkil etilishi, o‘quvchi va pedagoglar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.