Barcha yangiliklar
Aholiga ko‘mir yoqilg‘isi tarqatish deputat nazoratida
Gallery image 65002
Gallery image 65003
Gallery image 65004
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
05 Noy 2025
14:35

Aholiga ko‘mir yoqilg‘isi tarqatish deputat nazoratida

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati D.Vaxobjonov tomonidan 2025-2026-yil kuz-qish mavsumida ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilib chiqildi. Bekobod shahridagi “Yangihayot”, Hamid Olimjon, “Taraqqiyot”, “Bunyodkor” va Jomiy mahallalarida yashovchi aholining jami 450,0 tonna ko‘mir mahsulotlariga ehtiyoji mavjud bo‘lib, shundan shu kungacha 350,0 tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazib berildi. Shahardagi ehtiyoji mavjud bo‘lgan aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ko‘mir mahsulotlari to‘liq yetkazib berilishi nazoratga olindi.