Barcha yangiliklar
22–23-avgust kunlari mahallada hashar o‘tkazildi:
Gallery image 64934
Gallery image 64935
Gallery image 64933
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
24 Avg 2025
14:04

22–23-avgust kunlari mahallada hashar o‘tkazildi:

Mahallamizda 22–23-avgust kunlari o‘tkazilgan hasharda deputat N. Ruziyeva, mahalla yettiligi, nuroniylar, yoshlar va hudud aholisi bir tan-u bir jon bo‘lib ishtirok etdilar.

Ikki kun davom etgan tadbir davomida ko‘chalar supurilib, chiqindilar chiqarildi, ariqlar tozalanib, yo‘laklarga shag‘al to‘kildi. Yashil hududlarni kengaytirish maqsadida turli manzarali daraxt va gullar ekilib, mavjud ko‘chatlarga parvarish ishlari olib borildi.

Hashar jarayonida ko‘pchilik uyma-uy yurib, mahalladagi yolg‘iz keksalar hovlilarini tozalashda ham ko‘mak berishdi. Bu esa hasharning nafaqat obodonlashtirish, balki mehr-oqibat va hamjihatlik bayramiga aylanganidan dalolat berdi.

Tadbir yakunida mahallamiz yanada fayzli va tartibli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Fuqarolar o‘zaro birdamlikda amalga oshirgan sa’y-harakatlari uchun alohida e’tirof etildilar.