Barcha yangiliklar
Jinoyatchilik soni oshgan mahallalarda xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda:
Gallery image 64879
Gallery image 64880
Gallery image 64881
Gallery image 64882
Gallery image 64883
Gallery image 64884
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
13 Avg 2025
12:02

Jinoyatchilik soni oshgan mahallalarda xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari Korrrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiya a'zolari S.Ikromov hamda R.Shamanovlar tumanimizda jinoyat soni yuqori bo‘lgan ayrim mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o'rhanishlar olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi tungi yoritish chiroqlari, kuzatuv kameralarining ishlashi, yoshlarning bandligi va aholi xavfsizligiga ta’sir qiluvchi boshqa masalalar tekshirildi. Mahalla aholisi bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari eshitildi.

Natijada jinoyatchilikni kamaytirish uchun bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, qo‘shimcha kuzatuv kameralarini o‘rnatish, yoritish tizimini yaxshilash va yoshlar bandligini oshirish rejalashtirilmoqda.