Barcha yangiliklar
NOGIRONLARNING MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 64696
Gallery image 64697
Gallery image 64698
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
15 Okt 2025
12:06

NOGIRONLARNING MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

NOGIRONLARNING MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA 

🤝 O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Narpay tuman kengashi raisi Ne’matillo Tangriyev hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati Munojat Rasulova bugun Narpay tumanidagi bir qator xonadonlarga kirib, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash tarzi va ulardan kelib tushayotgan murojaatlar mohiyatini atroflicha o‘rganishdi.

🏥 Nogironlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori-darmonlar berish, salomatligini tiklash, og‘ir sharoitda yashayotgan kasalmand fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishdi.

📨 Shuningdek, mazkur masalada tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyatiga, oilaviy poliklinikalar mutasaddilariga hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishini ma’lum qilishdi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari