Barcha yangiliklar
Ishtixon tumanida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.
Gallery image 64691
Gallery image 64692
Gallery image 64693
Gallery image 64694
Gallery image 64695
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
14 Okt 2025
12:06

Ishtixon tumanida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

Ishtixon tumanida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

⚡️Ishchi guruh a’zolari 5- va 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, mazkur muassasalarda sog‘lom ovqatlantirish jarayonini o‘rgandilar.

⚡️O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

✅ovqat tayyorlanadigan binolarda tozalik va gigiyena qoidalariga rioya etilishi;

✅tayyorlanadigan taomlar sifati, bolalarga berilayotgan ovqatlar tarkibi hamda ularning kaloriya me’yorlari;

✅oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti va oshxona jihozlarining sanitariya holati.

⚡️Ishchi guruh tomonidan joylarda kuzatuv va suhbatlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

⚡️Tahlillar yakuniga ko‘ra, boshqa ta’lim muassasalarida ham shunga o‘xshash o‘rganish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilandi. Ushbu chora-tadbirlar tumanda bolalar uchun sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari