Barcha yangiliklar
Xonqa tuman sessiyasi
Gallery image 6061
Gallery image 6062
OTAJONOV OTAJON MADAMIN O‘G‘LI
26 Fev 2024
03:07

Xonqa tuman sessiyasi

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot hamda fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishdi.

Qishloq xo‘jaligi maydonlaridan unumli foydalanish, oziq-ovqat zahirasini yaratish va eksport hajmini oshirish barobarida yoshlar bandligini taʼminlash bugunning ustuvor vazifalardan bo‘lib turibdi.  

Sessiya davomida tumandagi 2 mingga yaqin ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratish tartibi  va tomorqa egalarida eksportbop mahsulot yetishtirish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil etish takliflar muhokamaga qo‘yildi.

Yakunda kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalarni hamda takliflarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi