Barcha yangiliklar
Deputatlar “Dilorom” mahallasida
Gallery image 64339
Gallery image 64340
Gallery image 64341
Gallery image 64342
Gallery image 64343
Gallery image 64344
Gallery image 64345
Gallery image 64346
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
03 Noy 2025
12:21

Deputatlar “Dilorom” mahallasida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari, viloyat Kengashi deputatlari, shahar va tuman kotibiyat mudirlari, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri hamda xodimlaridan iborat delegatsiyaning keyingi manzili “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi doirasida “Dilorom” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarni 2025–2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari (fasad qismi, issiqlik tizimlari, drenaj va suv tarmoqlarini yangilash), “Yashil makon” doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yo‘l-yo‘lakay mehmonlar Paxtakor tumanida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va yangilanish ishlari, ko‘p qavatli uylarga bazalt qoplama o‘rnatish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar. Ushbu bunyodkorlik ishlari zamonaviy infratuzilma yaratish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlash va shaharsozlik qiyofasini yangilashga xizmat qilmoqda.