Barcha yangiliklar
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovlarini tashkil etish bo'yicha
Gallery image 64331
Gallery image 64332
Gallery image 64333
Gallery image 64334
Gallery image 64335
Gallery image 64336
Gallery image 64337
Gallery image 64338
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
03 Noy 2025
12:19

“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovlarini tashkil etish bo'yicha

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2025-yil 11-avgustdagi 3-sonli qaroriga asosan xududlarda “Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovlarini tashkil etish belgilangan. 

Shunga ko‘ra joriy yilning 1-noyabr kuni Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari, viloyat Kengashi deputatlari, shahar va tuman kotibiyat mudirlari, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri hamda xodimlaridan iborat delegatsiyasi o‘zaro tajriba almashish maqsadida Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashiga tashriflari amalga oshirildi. Kengashlar hamkorligi doirasida Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan deputatlar va Kengash kotibiyati vakillari ishtirokida Paxtakor tumanida qator uchrashuvlar amalga oshirildi. Mehmonlar tumanning G‘alaba mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “PAXTAKOR TEKS” MChJda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishildi.