Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 13-sessiyasi bo'lib o'tdi
Gallery image 64232
Gallery image 64233
Gallery image 64234
Gallery image 64235
Gallery image 64236
Gallery image 64237
Gallery image 64238
Gallery image 64239
Gallery image 64240
Gallery image 64241
Gallery image 64242
Gallery image 64243
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
01 Noy 2025
16:32

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 13-sessiyasi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 29-oktabr kuni Yangiobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

 Majlisda Kengash deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi. Sessiya davomida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash, infratuzilma va obodonlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

 Tadbir jarayonida deputatlar tomonidan kun tartibigakiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Mazkur sessiya Yangiobod tumanining yanada rivojlanishi, mahalliy boshqaruv tizimi faoliyatini
takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.