Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 64199
Gallery image 64200
Gallery image 64201
Gallery image 64202
Gallery image 64203
Gallery image 64204
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
31 Okt 2025
18:28

Kengash_faoliyati

Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o'rganmoqda

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari 1-Bandixon saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdimo'minov hamda 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat A.Pardayevlar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko'zdan kechirildi. Bunda isitish pechlarining mavsumga tayyor holatga keltirilganligi, jamg'arilgan ko'mir hamda muqobil elektr energiya bilan ta'minlovchi uskunalar holati o'rganildi. 

Muassasada ayrim kamchiliklar aniqlanib, mas'ullarga bartaraf etish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Ma'lumot uchun: Tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumiga jami 319 tonna ko'mir jamg'arilgan bo'lib, isitish tizimlari to'liq shay holatga keltirilgan.  Elektr energiya o'chib qolgan holatda muqobil energiya bilan ta'minlovchi quyosh panellari va tegishli uskunalar o'rnatilgan.