Barcha yangiliklar
Deputat axboroti
Gallery image 64027
Gallery image 64028
Gallery image 64029
Gallery image 64030
Gallery image 64031
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
31 Okt 2025
10:02

Deputat axboroti

 Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi Deputatlari G.To‘xtanazarova hamda Sh.Abdullayevalar tomonidan o‘z saylovchilari oldida ahborot berildi.
Uchrashuvda mahalla jamoatchilik a'zolari hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida “mahalla ettiligi” faoliyati o‘rganilib, hisobotlari eshitildi va fuqarolarning dolzarb muammolari va takliflari o‘rganildi. Muammolarning yechimiga oid takliflar joyida muhokama qilinib, tegishli tashkilotlarga yetkazish rejalashtirildi. 

Jumladan deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yii 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora - tadbirlar to‘g’'risida” gi PF-71-son Farmoni yuzasidan tushunchalar ham berildi.