Barcha yangiliklar
Koson tumanida 30 nafar xotin-qizlar bandligini ta'minlagan korxona faoliyatiga nazar
Gallery image 5970
Gallery image 5971
Gallery image 5972
Gallery image 5973
Gallery image 5974
Gallery image 5975
Gallery image 5976
Gallery image 5977
Gallery image 5978
Gallery image 5979
IRISKULOV OBIDJON SAYFULLAYEVICH
24 Fev 2024
11:09

Koson tumanida 30 nafar xotin-qizlar bandligini ta'minlagan korxona faoliyatiga nazar

Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputati Jobir Dustmuratov tumandagi "Mug'jagul" mahallasida faoliyat yuritayotgan "Javohir Asl Sifat tekstil" korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, bandligi ta’minlangan xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi.

Korxona rahbari Jamshid G'afurov hozirda 30 nafar xotin-qizlarlar bandligini ta'minlagan. Korxonada bir kunda 1000 ta mahsulot tayyorlanadi va Respublikamizning turli hududlaridagi ichki bozorlarda sotiladi.

Bu bosh kiyimlar sifatl talab darajasida bo'lgani uchun qisqa vaqt ichida o'z xaridorlariga ham ega bo'ldi.

Tadbirkor yil oxiriga qadar korxona faoliyatini kengaytirib, yana 50 kishini doimiy ish bilan ta'minlashni reja qilgan.