Barcha yangiliklar
🟢 JONDORDA - YOSHLAR BILAN SIYOSIY O‘QUV
Gallery image 64004
Gallery image 64005
Gallery image 64006
Gallery image 64007
Gallery image 64008
Gallery image 64009
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
31 Okt 2025
08:57

🟢 JONDORDA - YOSHLAR BILAN SIYOSIY O‘QUV

Tadbir davomida yoshlarga partiyaning asosiy maqsad va vazifalari, aholi turmush darajasini yuksaltirish yo‘lidagi islohotlarda tutgan o‘rni hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, partiya faollari so‘zga chiqib, yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, ularning fuqarolik javobgarligini kuchaytirish va jamiyat hayotida faol bo‘lishi qanchalik muhim ekani haqida fikrlarini bildirdi.

Yoshlar o‘quv jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, partiya dasturiy maqsadlari va loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

📌 Bunday tadbirlar yoshlar siyosiy savodxonligini oshirish, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.