Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. “Beshkapa” mahallasida deputat tashrifi: aholi farovonligini oshirishga e’tibor
Gallery image 63999
Gallery image 64000
Gallery image 64001
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
30 Okt 2025
20:35

CHINOZ TUMANI. “Beshkapa” mahallasida deputat tashrifi: aholi farovonligini oshirishga e’tibor

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Hikmatilla Hafizov tumandagi “Beshkapa” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar samaradorligini o‘rgandi.

Deputat Hikmatilla Hafizov amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, ularni tizimli davom ettirish zarurligini ta’kidladi, aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar doimiy kuzatilishini bildirdi.