Barcha yangiliklar
Bo‘stonliq tumani Kengashidagi Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari hududlarda o‘rganish o‘tkazdi.
Gallery image 63974
Gallery image 63975
Gallery image 63976
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
30 Okt 2025
16:21

Bo‘stonliq tumani Kengashidagi Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari hududlarda o‘rganish o‘tkazdi.

🔹Joriy yilning 29-oktyabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi vakillari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashidagi Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari bilan birgalikda tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

🔹O‘rganishda siyosiy partiyaning saylovoldi dasturi maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorlikda olib borayotgan ishlari muhokama qilindi.