


📰 Deputatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatini muhokama qildi
📰 Deputatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatini muhokama qildi
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ishtixon tuman Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentyabrdagi PQ–319-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
📊 Yig‘ilishda Ishtixon tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan 2025-yil davomida aholiga ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar keltirildi:
- ♿ 1200 nafardan ortiq fuqarolarga turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi;
- 🏠 350 dan ortiq kam ta’minlangan oilalarga manzilli yordam ajratildi;
- 💼 210 nafar ishsiz fuqaroga bandlik masalasida ko‘mak berildi;
- 🎓 95 nafar yoshlar kasb-hunar o‘rganish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etildi.
🗣️ Deputatlar markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, joylardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar bildirishdi.
🤝 Bunday muloqotlar aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, ochiqlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.