Barcha yangiliklar
🔰Jondor tumanida "Ayollar daftari" ishtirokchisiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Gallery image 63825
Gallery image 63826
Gallery image 63827
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
30 Okt 2025
10:18

🔰Jondor tumanida "Ayollar daftari" ishtirokchisiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bunyodkor ko‘chasi 54-uyda istiqomat qiluvchi Moxiraning uyini ta’mirlash uchun zarur materiallar taqdim etildi. Bu orqali uning oilaviy va maishiy sharoiti yaxshilanishiga zamin yaratildi.

Deputat tashabbusning ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri fuqarolarning munosib turmush tarzini ta’minlash ekanligini ta’kidladi.

 Shuningdek, tuman hokimligi va mahalliy aholi hamkorligida amalga oshirilayotgan bunday ishlar ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Jondor tumanidagi bu kabi ezgu amallar kelgusida yana ko‘plab oilalarning hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shishi kutilmoqda.