Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashining VII chaqiriq navbatdan tashqari 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 63822
Gallery image 63819
Gallery image 63820
Gallery image 63821
Gallery image 63823
Gallery image 63824
XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
30 Okt 2025
09:57

Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashining VII chaqiriq navbatdan tashqari 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining VII chaqiriq navbatdan tashqari 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. 

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Bo‘ka tumanida 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalofat o‘tkazish hamda aholi, ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash to‘g‘risida; Bo‘ka tuman mahalliy budjetining 2025-yil 9 oylik ijrosi to‘g‘risida;

2025-yil uchun tuman mahalliy budjetining xarajatlar yo‘nalishlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash to‘g‘risida;

Bo‘ka tuman mahalliy byudjetining 2025-yil III chorak yakuni bo‘yicha daromadlar rejasining ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni taqsimlash to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi va tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.