Barcha yangiliklar
“O‘rganish”
Gallery image 63791
Gallery image 63792
Gallery image 63793
Gallery image 63794
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
30 Okt 2025
09:52

“O‘rganish”

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Xodjayeva hamda tuman Kengashi deputati A.Xudayqulovlar tomonidan,Qibray tumanidagi "Uymavut" mahalla fuqarolar yig‘inida aholining farovonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xususan fuqaro A.Maksudovga “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida imtiyozli tarzda 33 million so‘m kredit ajratilib, u o‘z hovlisida qulupnaychilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyati berilgan. Fuqaro dastlab qulupnayni o'z tomorqasida ekib ayrim qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa-da, keyinchalik qulupnayni issiqxona usulida ekish o'rgatilinib unga amaliy yordam ko‘rsatilgan, reklama ishlari yo‘lga qo‘yilgan va tajribali tadbirkor biriktirilgan.

Maqsadga sodiq mehnat natijasida Maksudov Abbos o‘z vaqtida kreditini qaytarib, keyinchalik yana 50 million va 25 million so‘mlik imtiyozli kreditlar olib, biznesini kengaytirishga muvaffaq bo‘lmoqda.