Barcha yangiliklar
Хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 18-sessiyasi oʻtkazildi.
Gallery image 63684
Gallery image 63685
Gallery image 63686
Gallery image 63687
Gallery image 63688
Gallery image 63689
Gallery image 63690
Gallery image 63691
Gallery image 63692
Gallery image 63693
Gallery image 63694
Gallery image 63695
Gallery image 63696
Gallery image 63697
Gallery image 63698
Gallery image 63699
Gallery image 63700
Gallery image 63701
Gallery image 63702
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
29 Okt 2025
15:44

Хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 18-sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiya ishida viloyat hokimining oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat boshqarmalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari, siyosiy partiyalar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, jamoat tashkilotlari, viloyat hokimligi boʻlinmalari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Shuningdek, hududiy studiyalardan ham tegishli masʼullar videokonfrensaloqa orqali sessiya ishini kuzatib borishdi.

Sessiyada dastlab “Buxoro viloyatida 2025-yilning 9 oyligida erishilgan natijalar hamda yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan vazifalar toʻgʻrisida”gi  masala koʻrib chiqildi. Bunda viloyat hokimi Botir Zaripovning hisoboti eshitildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masalada  “Buxoro  viloyatida korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holati va uning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida” viloyat prokurori  Ulugʻbek Hamdamovning axboroti tinglandi.  

Shundan soʻng deputatlar “Buxoro viloyatida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi beriladigan mahallalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi,   masalani koʻrib chiqdilar. Mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Jamol Nosirov axborot berdi. 

Kun tartibiga muvofiq belgilangan “Viloyat mahalliy budjetining 2025-yil qoʻshimcha manbalarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi masalalar ham qizgʻin muhokamalarga boy boʻldi. 

Shuningdek, sessiya ishida xalq deputatlari viloyat Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.