Barcha yangiliklar
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 63637
Gallery image 63638
Gallery image 63639
Gallery image 63640
Gallery image 63641
Gallery image 63642
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
29 Okt 2025
12:08

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Boʻston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich oʻzi saylangan okrugdagi “Boʻston” MFY yettiligi faoliyatini oʻrgandi. Deputat Y.Usipxodjayev
mahallada aholini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish, “Boʻston” MFY hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari yuzasidan fuqarolarga berilgan kredit mablagʻlarni maqsadli va manzilli ajratilgani bo`yicha nazorat-taxlil o`tkazdi. Oʻrganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida berilgan imtiyozli kreditlar bevosita joyiga chiqib oʻrganildi hamda har bir loyiha samarali faoliyat yuritayotgani aniqlandi.