Barcha yangiliklar



ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
28 Okt 2025
16:49
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Xabibulla Bozorov tomonidan Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda 20 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, ularning turli yo‘nalishlardagi muammolari tinglandi.
Qabul davomida fuqarolarning yer ajratish, bandlik, ijtimoiy yordam, uy-joy, ichimlik suvi va boshqa masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.