Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 63497
Gallery image 63498
Gallery image 63499
Gallery image 63500
Gallery image 63501
Gallery image 63502
Gallery image 63503
Gallery image 63504
Gallery image 63505
Gallery image 63506
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
28 Okt 2025
11:42

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanida “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 1-Madaniyat saylov okrugi deputati Asqarali Odilov tomonidan bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurib o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, “Madaniyat” mahallasidagi 1-sonli MTT, “Sohil” mahallasidagi 2- va 3-sonli MTT, hamda “Beruniy” mahallasidagi 1-sonli politexnikumda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni sifati hamda muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishildi.

Shuningdek, 1-sonli politexnikumda ham shu yo‘nalishdagi ishlar o‘rganilib, o‘quv binolari, isitish tizimi va o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan berilgan tavsiyalar asosida muassasalarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.