Barcha yangiliklar
Oqoltin tumani deputatlari “Yangi hayot” mahallasi yettiligi bilan uchrashdi
Gallery image 63492
Gallery image 63493
Gallery image 63494
Gallery image 63495
Gallery image 63496
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2025
11:27

Oqoltin tumani deputatlari “Yangi hayot” mahallasi yettiligi bilan uchrashdi

O’zbekiston XDP Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Esanbay Babayev va Gulomjon Axmedov “Yangi hayot” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi muammolari va ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Deputatlar mahalla yettilari bilan hamkorlikda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda yoshlar, ayollar va keksalar bilan ishlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuvda mahalladagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish, ularni manzilli hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadbir yakunlanar ekan, deputatlar mahalla faollariga aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdilar.