Barcha yangiliklar
Tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputalar nazoratida
Gallery image 63485
Gallery image 63486
Gallery image 63487
Gallery image 63488
Gallery image 63489
Gallery image 63490
Gallery image 63491
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
23 Sen 2025
11:21

Tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputalar nazoratida

 Tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputalar nazoratida 

  Joriy yilning 7-may kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida sog‘liqni
saqlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan
yig‘ilishda belgilangan vazifalar, xususan “90 kunlik o‘zgarishlar vaqti”
doirasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Quva
tuman Kengashi deputatlari tumandagi tibbiyot muassasalari faoliyatini
o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.
 

  Shu maqsadda deputatlar tumandagi
bir qator oilaviy poliklinikalarda bo‘lib, ularda amalga oshirilayotgan qurilish,
ta’mirlash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
 

 Novkent mahalla fuqarolar yig‘ini
hududida joylashgan 9 -son oilaviy poliklinika, Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini
hududidagi 3-son oilaviy poliklinika hamda Turk mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan
5-son oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan
kechirildi. Shuningdek, ta’mirlash jarayonlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar
mas’ullarga ko‘rsatildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
 

  Qayd etish joizki, mazkur tashriflar
tumanda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga yaqin va qulay tibbiy
xizmatlarni tashkil etish hamda Prezident topshiriqlarining amaldagi ijrosini ta’minlashga
qaratilgan keng qamrovli ishlarning muhim qismini tashkil etadi.