Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari ijrosi Ishtixon tumani deputatlari nazoratida.
Gallery image 5902
Gallery image 5903
Gallery image 5904
Gallery image 5905
Gallery image 5906
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
23 Fev 2024
12:24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari ijrosi Ishtixon tumani deputatlari nazoratida.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati N.Qiyamov tomonidan, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda siyosiy jarayonlarga faol jalb etish maqsadida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 2024-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish dasturining mazmun-mohiyatini targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining beshta ustivor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat ekanligi, ushbu hujjat O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo qilishga xizmat qilishini va strategiyada ta’lim sohasiga ham katta ahamiyat berilayotganligini alohida ta’kidlab, mazkur strategiya asosida joriy yilda ijtimoiy sohalarda amalga oshiriladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga notiqlar tomonidan javoblar berildi.