Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini oʻrganish
Gallery image 63403
Gallery image 63404
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
27 Okt 2025
17:51

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini oʻrganish

Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova tomonidan "Pargos" MFY hududidagi 5-9-sonli umumtaʼlim maktablari hamda 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.

🔹Oʻrganish davomida muassasaning ta'mirtalab holati, isitish tizimi, energiya ta’minoti tizimining sozligi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bog‘cha binosining issiqlik saqlash holati, oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, deputat aholiga ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berdi. Fuqarolardan uylarda isitish vositalaridan xavfsiz foydalanish, elektr tarmoqlariga yuklama bermaslik, energiya tejashga rioya etish hamda farzandlar sog‘lig‘ini asrashga e’tibor qaratish so‘raldi.