Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi jinoyatchiliklarni oldini olish masalasida muhokamalar o‘tkazdi
Gallery image 5888
Gallery image 5889
Gallery image 5890
Gallery image 5891
Gallery image 5892
Gallery image 5893
Gallery image 5894
Gallery image 5895
Gallery image 5896
Gallery image 5897
Gallery image 5898
Gallery image 5899
Gallery image 5900
Gallery image 5901
XUDOYKULOV SUXROB SAYITKULOVICH
23 Fev 2024
12:12

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi jinoyatchiliklarni oldini olish masalasida muhokamalar o‘tkazdi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi Jabborov Isroi Ismoilovich, mas'ullar, mahalla faollari, yoshlar va jamoatchilik ishtirokida tumanning "Dehqonobod", "Juvozxona", "Alisher Navoiy", "Istiqlol", "Oqtosh", "Guliston" va "Birlashuv" mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholini hushyorlikka chaqirib, atrofdagilarga nisbatan befarq bo‘lmaslikni, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish lozimligini hududda sodir etilgan har qanday jinoyat favqulodda holat sifatida baholanishi lozimligi haqida aytib o‘tdi.

Bugungi kunda jinoyat va huquqbuzarliklarning oqibati bilan emas, balki uni keltirib chiqarayotgan omillarga qarshi kurash va bartaraf etish, aholi orasida jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jinoyatni jilovlash, har bir mahallada, eng avvalo, oilalarda jinoyatchilikka qarshi muhit yaratish degan ezgu g‘oyani shakllantirish dolzarb vazifa ekanligiga alohida urg‘u qaratildi.

Tadbirlar davomida sodir etilgan qonunbuzilishlar mahalla kesimida tahlil etilib, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlar ko’rsatib o’tildi. Shuningdek, mahalla hududida yuz bergan jinoyatning ayrim tafsilotlari bayon etildi.