Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 63363
Gallery image 63364
Gallery image 63365
Gallery image 63366
Gallery image 63367
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
27 Okt 2025
15:01

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 10-Boboyurt saylov okrugi deputati Eldor Erkaboyev "Boboyurt" mahallasida joylashgan 10-maktab hamda 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

⏩ Jarayon davomida ta’lim muassasalarining isitish tizimlari, binolarning issiqlik saqlash holati, deraza va eshiklarning ta’miri, elektr tarmoqlari, yong‘in xavfsizligi choralarining bajarilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

⏩ Shuningdek, 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida nafaqat mavsumiy tayyorgarlik, balki tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanish sharoiti va taomnoma tarkibi ham o‘rganildi.

⏩ O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur tadbirlar ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz, qulay va sog‘lom muhitni ta’minlashga qaratilgan.