Barcha yangiliklar
Deputatlar paxta terimi hasharida ishtirok etishdi
Gallery image 63358
Gallery image 63359
Gallery image 63360
Gallery image 63361
Gallery image 63362
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
11 Okt 2025
14:54

Deputatlar paxta terimi hasharida ishtirok etishdi

Diyorimizda oltin kuz fasli o‘zining o‘zgacha jilosi bilan boshlandi. Azal-azaldan ushbu davr pishiqchilik, mo‘l hosilni yig‘ish va sarflangan mehnat samarasini ko‘rish mavsumi hisoblanadi.

Sentyabr oyidan boshlab oq oltin, ya'ni rizqu ro‘zimiz bo‘lgan paxta hosilini terish uchun o’z hissalarini qo‘shish maqsadida xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputatlari hashar uyushtirishib, shanba dam olish kunida paxta terimida ishtirok etishdi.

Ular tumanning "Yangi obod" MMTP hududidagi "Agrovelis" fermer xo‘jaligi paxta dalalaridagi terimda faol ishtirok etishdi. Deputatlar faol terimchilarga minnatdorchilik bildirishib, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.