Barcha yangiliklar
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Gallery image 63312
Gallery image 63313
Gallery image 63314
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
16 Okt 2025
09:48

Doimiy komissiyaning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

  Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 16-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Eldor Raxmatovning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi hisoboti, Toyloq tumanida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturi ijrosini hamda mahallalardagi muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida, Toyloq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari-iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Adham Sharipovning hisoboti va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.