Barcha yangiliklar
Deputat mahallada
Gallery image 63073
Gallery image 63074
Gallery image 63075
Gallery image 63076
Gallery image 63077
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
07 Okt 2025
14:16

Deputat mahallada

 O‘zXDP Oqoltin tuman Kengashi raisi M. Norqulov va Xalq
deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati, I. Qo‘chkarova «Ko‘rkam diyor”
mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot olib borishdi.  

“Ko‘rkam diyor” mahallasi raisi T. Xo‘jamqulov mahallada
infratuzilmani yaxshilash, ko‘chalarni asfaltlash, yo‘l chetlariga beton
ariqlar o‘rnatish ishlari olib borilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi. Hozirda
tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan ko‘chalarga tunggi chiroqlar
o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qildi. 

“Ko‘rkam diyor” mahallasida istiqomat qiluvchi, O‘zXDP tuman
Kengashi qoshidagi “Qo‘ziyevlar” oilaviy BPT raisi Mahmud Qo‘ziyev mahalladagi
nogironlar va ko‘zi ojizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etish taklifini
kiritdi. 

 Shuningdek,
yig‘ilishda aholini qiynayotgan muammolari tinglandi va deputat tomonidan
tegishli vazifalar belgilab olindi.