Barcha yangiliklar
Kattaqo‘rg‘on tuman 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Gallery image 63027
Gallery image 63028
Gallery image 63029
Gallery image 63030
Gallery image 63031
Gallery image 63032
Gallery image 63033
IMOMOV ELDOR TURSUNMUROTOVICH
10 Okt 2025
13:18

Kattaqo‘rg‘on tuman 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Kattaqo‘rg‘on tuman 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Kattaqo‘rg‘on tuman 10-Yodgorxo‘ja okrugi deputati D. Ubaydullayev tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tashkilot faoliyati, xususan, bolalar ovqatlanish tizimi, autsorsing (outsourcing) xizmati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, sanitariya-gigiyena holati hamda moddiy-texnik sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni ko‘zdan kechirildi, bog‘cha binosining isitish tizimi, deraza va tom qoplamalari holati, ichimlik suvi hamda elektr ta’minoti bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganligi o‘rganildi.

Tashrif davomida bog‘cha mudirasi bilan suhbatlar olib borilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.