Barcha yangiliklar
🇺🇿 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
Gallery image 62934
Gallery image 62935
Gallery image 62936
Gallery image 62937
Gallery image 62938
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
24 Okt 2025
01:00

🇺🇿 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

 “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” 

🔹1989 yil 21 oktyabr kuni Vatanimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va unga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Mazkur
Qonun o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilab bergan tarixiy hujjatdir.
 

🔹“O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov o‘z saylov okrugida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, mazkur sana va uning ahamiyati haqida o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-615-sonli Qonuni 1-moddasiga asosan, 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilangani ta’kidlandi. 

Deputat o‘z chiqishida quyidagilarni ta’kidladi: 

“Til— davlatning timsoli, milliy mulki, ruhi va xalqning ma’naviy boyligidir. Til xalqning urf-odati, tarixiy merosi va turmush tarzini aks ettiradi. Millatlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy belgi — bu tildir. Shu bois, ona tilimizni asrash, uni yanada rivojlantirish va nufuzini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir. Zero, ona tilimiz — mustaqilligimiz, erkin hayotimiz va milliy o‘zligimizning abadiy ramzidir.” 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati