Barcha yangiliklar
Bir murojaat – bir yechim – bir qadam olg‘a!
Gallery image 62839
Gallery image 62840
Gallery image 62841
Gallery image 62842
Gallery image 62843
Gallery image 62844
Gallery image 62845
Gallery image 62846
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
23 Okt 2025
15:44

Bir murojaat – bir yechim – bir qadam olg‘a!

 Bir murojaat
– bir yechim – bir qadam olg‘a!
 

Har bir murojaat — bu
xalqning umidi, ishonchi va talabidir.


Eng katta yutuq esa — ana shu ishonchni oqlashdan iboratdir.
 

Shu ezgu maqsadda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonovalar mahallalardagi muammolarni
jonkuyarlik bilan o‘rganib, fuqarolar ovoziga quloq tutdilar.
Natija esa uzoq kutdirmadi! “Damko‘l” mahallasida yillar davomida aholini
qiynatayotgan elektr ta’minoti muammosi bartaraf
etildi
— mahallaga 1 dona 250 kVt li
yangi transformator (TP)
o‘rnatildi!
 

Endi mahalla ko‘chalarida
yanada yorug‘, nurli, odamlar yuragiga esa umid
nuri
kirishiga shubha yo‘q. Bu nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki
aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish
yo‘lidagi muhim qadamdir.
 

Deputatlarimizning bunday fidoyi mehnati — xalq bilan hamnafaslik, el dardiga befarq bo‘lmaslik
va yurt ravnaqiga sadoqat namunasi
dir. Chunki haqiqiy xizmat — bu gapda
emas, amaldagi natijada, deydi dono xalqimiz.