Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev tumandagi umumta’lim maktablari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib ustoz o‘qituvchilar va ota-onalar bilan uchrashdi.
Gallery image 5816
Gallery image 5817
Gallery image 5818
Gallery image 5819
Gallery image 5820
Gallery image 5821
Gallery image 5822
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
22 Fev 2024
03:46

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev tumandagi umumta’lim maktablari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib ustoz o‘qituvchilar va ota-onalar bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda aniq savol va takliflarni aytib o‘tdi. Har bir ota-ona o‘z farzandining barkamol inson bo‘lib voyaga yetishini istaydi.

Biroq, o‘zingizga savol bering, oxirgi marta qachon maktabga kelib, farzandingizning o‘qishi, baholari, maktabda o‘zini tutishi va tarbiyasi bilan qiziqdingiz?

Qolaversa, “mahalla yettiligi”ni ham maktabda tarbiya va davomat masalasi, ota-onalar bilan hamkorlik qilishni xayollariga ham keltirmasligi, afsuski, haqiqat.

Farzandlarimizning ta’lim-tarbiya olishi uchun biz ota-onalar ham barcha sharoitlarni yaratib berishimiz va faqatgina o‘qituvchilarga bu mas’uliyatni yuklab qo‘ymasdan ularga o‘zimiz ham alohida e’tibor qaratishimiz muhim.