Barcha yangiliklar
21-oktabr - “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Gallery image 62502
Gallery image 62503
Gallery image 62504
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
21 Okt 2025
17:26

21-oktabr - “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

20-oktabr kuni Tuproqqal’a tumanidagi bolalar musiqa va san’at maktabida "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda sana munosabati bilan o‘tkazilgan turli ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari taqdirlanib, yig‘ilganlar bayram
bilan muborakbod etildi. Tadbir davomida maktab o‘qituvchilar hamda o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan madaniy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Madaniyat xodimlarining kuy va qo‘shiqlari esa bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.