Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
21 Okt 2025
15:30

Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 9-Xatib qahramon saylov okrugidan saylangan deputat Tamanno Ashurova "Tojikobod" mahallasida bo'lib, "mahalla yettiligi" bilan navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi. Uchrashuv davomida mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning holati, shu bilan bir qatorda mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni yechimi yuzasidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olinib, hamkorlikda ishlarni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilinib kelishib olindi.