Barcha yangiliklar
1-OKTABR – USTOZ VA MURABBIYLAR KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 62404
Gallery image 62405
Gallery image 62406
Gallery image 62407
Gallery image 62408
Gallery image 62409
Gallery image 62410
Gallery image 62411
Gallery image 62412
Gallery image 62413
Gallery image 62414
Gallery image 62415
Gallery image 62416
Gallery image 62417
Gallery image 62418
Gallery image 62419
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
30 Sen 2025
10:33

1-OKTABR – USTOZ VA MURABBIYLAR KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Bugun “Bahor” restoranida, o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiriga xalq ta’limi sohasining ilg‘or va fidoiy vakillari jam bo‘ldilar.

Tadbirda xalq ta’limi tizimida uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan faxriy pedagoglar, ta’lim sohasining yetakchilari hamda yurtimizda ta’lim ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan 250 nafarga yaqin ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov hamda tuman prokurori Bobur Abdullayev, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zo deputatlari so‘zga chiqib, ta’lim tizimida alohida o‘rnak bo‘layotgan ustozlarni tabrikladilar.

Tadbirda ustoz va murabbiylar nafaqat bilim va ko‘nikmalarni beruvchi, balki yosh avlod qalbiga yuksak ma’naviy qiymatlar, insonparvarlik, Vatanga muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini singdiradigan buyuk tarbiyachi ekani alohida ta’kidlandi. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi kuch – ma’rifatli va tarbiyali avlodni voyaga yetkazishda ustozlarning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlab o‘tildi.