Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 62358
Gallery image 62359
Gallery image 62360
Gallery image 62361
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
21 Okt 2025
10:11

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

➡️ Tadbir davomida tuman hududida olib borilayotgan yo‘l ta’miri, asfaltlashtirish, obodonlashtirish va xavfsizlik belgilarini o‘rnatish borasidagi holat muhokama qilindi. Mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdim etildi hamda xaritada amalga oshirilayotgan ishlarga doir ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tildi.

➡️ Deputatlar yo‘l xo‘jaligi tizimidagi ayrim masalalarga e’tibor qaratib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘lovchi va transport harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda asfaltlash ishlari sifatini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berdilar.

➡️ O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari va takliflarini inobatga olib, yo‘l sohasidagi dolzarb masalalarni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokamaga kiritish taklifi ilgari surildi.