Barcha yangiliklar
🇺🇿 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
Gallery image 62350
Gallery image 62351
Gallery image 62352
Gallery image 62353
Gallery image 62354
Gallery image 62355
Gallery image 62356
Gallery image 62357
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
21 Okt 2025
09:58

🇺🇿 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

 🔹1989 yil 21 oktyabr kuni Vatanimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va unga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Mazkur
Qonun o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilab bergan tarixiy hujjatdir.
 

🔹“O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Tavasharov Hamro Ziyaevich o‘z saylov okrugida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, mazkur sana va uning ahamiyati haqida o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-615-sonli Qonuni 1-moddasiga asosan, 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilangani ta’kidlandi. 

Deputat o‘z chiqishida quyidagilarni ta’kidladi: 

“Til— davlatning timsoli, milliy mulki, ruhi va xalqning ma’naviy boyligidir. Til xalqning urf-odati, tarixiy merosi va turmush tarzini aks ettiradi. Millatlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy belgi — bu tildir. Shu bois, ona tilimizni asrash, uni yanada rivojlantirish va nufuzini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Zero, ona tilimiz — mustaqilligimiz, erkin hayotimiz va milliy o‘zligimizning abadiy ramzidir.”
 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati