Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 62295
Gallery image 62296
Gallery image 62297
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
21 Okt 2025
08:58

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Irisov “Mehnatobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar, taklif va istaklar tinglandi. Har bir murojaat diqqat bilan qayd etildi va ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Yuzma-yuz muloqot, erkin fikr almashinuvi va saylovchilarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilanib ijrosi ta’minlanishi belgilab olindi.