Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Xo‘jamqulov G‘ulom Abdullaevich Mustaqillik mahallasidagi ijtimoiy ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi.
Gallery image 62218
Gallery image 62219
Gallery image 62220
Gallery image 62221
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
20 Okt 2025
11:45

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Xo‘jamqulov G‘ulom Abdullaevich Mustaqillik mahallasidagi ijtimoiy ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi.

 20-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Xo‘jamqulov tomonidan Mustaqillik mahallasidagi 80-maktabning
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
 

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputati G‘.Xo‘jamqulov tomonidan Mustaqillik mahallasida joylashgan 80-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish davomida bino va inshootlarning isitish tizimi, deraza va eshiklarning holati, issiqlik saqlanishi bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, maktab xodimlari va o‘quvchilarning sog‘lom va xavfsiz muhitda bo‘lishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi va ularni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.