Barcha yangiliklar
Sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganildi
Gallery image 62214
Gallery image 62215
Gallery image 62216
Gallery image 62217
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
20 Okt 2025
11:30

Sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganildi

 “Adolat” SDP Bekobod shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati G.Sharipova hamda partiya faollari aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish bo‘yicha shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida "Erta aniqla - hayotingni saqla!" shiori ostida aholi o‘rtasida ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilishi bilan tanishdilar. Tashrif davomida poliklinika bosh shifokori Ra’no Sattarova bilan muassasadagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, bemorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida shifokorlar va
partiya faollari tomonidan bemorlarga zarur tibbiy maslahatlar va tavsiyalar berildi.
Bemorlar tomonidan poliklinikada yaratilgan sharoitlar talab darajasida ekani, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan mamnunlik bildirildi. Tibbiy madaniyatni oshirish va aholining salomatligini muhofaza qilish - barchamizning umumiy vazifamiz!