Barcha yangiliklar
“O‘zLiDeP deputatlik guruhlari minbari” doirasida sanitariya va jamoat salomatligi masalalari muhokama qilindi
Gallery image 62034
NORBO‘TAYEV OBIDJON BAXTIYOROVICH
17 Okt 2025
16:15

“O‘zLiDeP deputatlik guruhlari minbari” doirasida sanitariya va jamoat salomatligi masalalari muhokama qilindi

 “O‘zLiDeP deputatlik guruhlari minbari” loyihasi doirasida ta’sirchan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Qamashi tuman deputatlik guruhining navbatdagi nazorat eshituvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda Qamashi tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmati bo‘limi rahbari S.Jurayevaning hisoboti tinglandi.