Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 61715
Gallery image 61716
Gallery image 61717
Gallery image 61718
Gallery image 61719
Gallery image 61720
Gallery image 61721
Gallery image 61722
Gallery image 61723
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
16 Okt 2025
09:55

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

  

✅ Sherobod tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

  🫥Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat xodimlari, shuningdek, tumandagi bir qator korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. 

 🫥Kun tartibidan o‘rin olgan 19 ta dolzarb masala muhokama qilinib, ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. 

🫥Kun tartibidagi masalalar orasida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, mahalliy budjet ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

🫥Shuningdek, huquq-tartibot va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari ham sessiya kun tartibidan o‘rin oldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan axborot eshitildi. 

🫥Yakunda deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.