Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Deputat Farxod Ibragimov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Gallery image 61698
Gallery image 61699
Gallery image 61700
Gallery image 61701
Gallery image 61702
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
15 Okt 2025
20:30

CHINOZ TUMANI. Deputat Farxod Ibragimov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Islomobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabi binosida Tuman Kengashi deputati Farxod Ibragimov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda deputat saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroflicha axborot berdi. 

Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Tadbir ochiq va samimiy muhitda o‘tdi, saylovchilar vakillari deputat bilan yaqin muloqotda bo‘lib, o‘z fikr va takliflarini bayon etdilar.