Barcha yangiliklar
MUZRABOT TUMANIDA TOZALIK VA OBODONLIKNI TA’MINLASh BO‘YIChA IShLAR AMALGA OShIRILMOQDA
Gallery image 61619
Gallery image 61620
Gallery image 61621
Gallery image 61622
Gallery image 61623
Gallery image 61624
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
15 Okt 2025
15:15

MUZRABOT TUMANIDA TOZALIK VA OBODONLIKNI TA’MINLASh BO‘YIChA IShLAR AMALGA OShIRILMOQDA

“Toza-ozoda, obod joyda fayzu baraka bo‘ladi” deb bejiz aytishmagan, shuning uchun ham mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uyushtirilib, xonadonlar, mahalla, ko‘cha va xiyobonlar, guzarlar, muqaddas qadamjolarni yanada obod qilish yaxshi an’anaga aylangan. Xalqimizga xos bunday xayrli ishlarda pok niyatlarimiz, ezgu orzu-maqsadlarimiz o‘z ifodasini topmoqda. “15-Baynalminal” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati S.Nurmahmatov “At-Termiziy” MFYda, “12-Obodon” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati D.Sherboyev “Nurli xayot” MFYda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bo‘yicha o‘rganishdi. Mahalla faollari va yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish tadbirlarida deputatlar ham faol qatnashib o‘z xissalarini qo‘shdilar