Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganilmoqda
Gallery image 61613
Gallery image 61614
Gallery image 61615
Gallery image 61616
Gallery image 61617
Gallery image 61618
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
15 Okt 2025
15:12

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganilmoqda

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari Sayyora Ergasheva hamda Kimyoxon Muhitdinova tomonidan Xalq deputatlari shahar kengashining 2025-yil 3-oktabr kunida bo‘lib o‘tgan sessiyasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Maktabda kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, o‘quvchilarning
davomat masalasi hamda maktab oshxonasidagi oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik holati ham o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan elektr qutisida muammolar aniqlandi. Aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan Bekobod shahar Elektr korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi chiqarildi.